Bugungi kun doirasida o'zbekistonlik ikki charm qo'lqop ustasi o'z janglarini o'tkazadi. Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, og'ir vaznli Lazizbek Mullojonov WBC Gran-prisi 1/8 finalida marokashlik Yuness Baalaga qarshi ringga ko'tariladi.
Aprel oyida o'tkazilgan dastlabki bosqich doirasida Mullojonov panamalik Marvin Mendosani, Baala esa Daniya vakili Morten Givskovni mag'lub etgandi. Lazizbek prof boksda hozirgacha 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Yuness Baala hisobida esa 3 ta g'alaba bor.
Bugun shuningdek, yarimengil vazndagi bokschimiz Ayubxon Baxtiyorov (6-0) ham chorak final chiptasi uchun ringga ko'tariladi. Hamyurtimiz Jon Bolano (Kolumbiya, 4-0) bilan to'qnash keladi. Har ikki bokschi ham hali prof faoliyatlarida mag'lubiyatga uchramagan.
Eslatib o'tamiz, kecha super engil vaznning nimchorak final jangida Mujibillo Tursunov (7-0) Alan Ezikel Dutra (Argentina, 15-1)ga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi.