Bu haqda sportchining murabbiyi Jasur Alijonov Instagram'dagi sahifasi orqali xabar berdi.
Alijonovning malum qilishicha, Ramazon Temirov UFC bilan yana 4 ta jang o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishgan.
Malumot uchun, ayni damda o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida 13-o'rinni egallab turgan Ramazon mazkur promoushenda hozirgacha 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida g'alaba qozongan. U 27 iyul kuni Abu-Dabida qozog'istonlik Asu Almabaev bilan bahs olib boradi.