SportUz.Net

Murodjon Ahmadaliev va Bektemir Meliqo'ziev ishtirokidagi janglar bir vaqtga to'g'ri kelib qolishi mumkin (jang vaqti + translyaciya)

30.05.2025 17:24    


Rasmni yuklab olish

Ertaga, 31 may kuni ikki nafar bokschimiz prof ringda navbatdagi jangini o'tkazadi.

Supero'rta vazn toifasida jang qiluvchi Bektemir Meliqo'ziev Las-Vegasda WBA Eliminator kamari uchun amerikalik Daryus Fulgxemga qarshi ringga ko'tariladi. 12 raundlik ushbu jang soat 6:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.  

Ikkinchi eng engil vazn toifasidagi bokschimiz, WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev esa Meksikada 29 yoshli meksikalik Luis Kastiloga qarshi jang o'tkazadi. Ushbu boks oqshomining kardi soat 05:00da boshlanadi. Murodjonning jangi esa ikkinchi juftlik sifatida qayd etilgan. Bu esa agar birinchi jang to'liq davom etgan taqdirda, hamyurtimiz ishtirokidagi to'qnashuv 5:45 dan so'ng boshlanadi degani. 

Janglarni telegramdagi Sport Universal kanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: