"Menga ishonchini yo'qotganlarga — bu normal hol. Mendan yuz o'girganlarga esa: “YO Xudo, rahmat, kim kimligini ko'rsatib berding”. Men yana yuqoriga chiqaman — men allaqachon chuqurlikka tushganman, lekin Yaratganning yordami bilan har doim yana tiklanganman", — deb yozdi Garsiya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 3 may kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan so'nggi jangda Garsiya Rolando Romeroga qarshi WBA talqini bo'yicha yarim o'rta vazn kamari uchun jang qilgandi. Jang 12 raund davom etdi va unda Romero hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan.