Amerikalik 42 yoshli mahbus ilk bor qamoqxonadagi hayoti aks etgan suratlarni ko'rsatdi. Keyn 2022 yilning fevral oyida hibsga olingandi. O'shanda u voyaga etmagan farzandiga tegajonlik qilgan Garri Gularte ism-sharifli erkakni o'zining pikap mashinasida quvlab, unga qarata o'q uzgandi.
2022 yilning noyabr oyida Velaskes tovon puli evaziga ozodlikka chiqarilgandi. Ammo 2025 yilning mart oyida Santa-Klara okrug sudi Keynni aybdor deb topib, besh yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.