Anikning so'zlariga ko'ra, 30 yoshli Rahmonov oktyabr oyida tashkil etiladigan UFC turnirlarining birida yarimo'rta vaznning amerikalik sobiq chempioni Bilol Muhammad bilan jang qiladi. Mazkur jangda g'alaba qozongan taqdirda SHavkat Maxachev — Maddalena bahsi g'olibiga davogar bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Bilol Muhammad 11 may kuni bo'lib o'tgan UFC 315 turnirining markaziy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib, chempionlik kamaridan ayrilgan edi.
Thailand Open. Besh nafar bokschimizda g'alaba, kecha ikkinchi mag'lubiyatimizni qabul qilib oldik