SportUz.Net

Asu Almabaev Ramazon Temirov bilan jangi haqida gapirdi

27.05.2025 19:48    


Rasmni yuklab olish

O'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi qozog'istonlik UFC jangchisi Asu Almabaev bo'lajak raqibi, o'zbekistonlik Ramazon Temirov bilan jang haqida gapirdi.

"O'zbekiston o'zimizning do'st xalq. Ramazon bilan oramizda hech qanday nizo yo'q. Uni menga UFC raqib sifatida berdi. Bizda tanlov yo'q, raqibni o'zimiz tanlay olmaymiz. Kimni bersa shu bilan jang qilamiz. Temirov bilan shunchaki sportcha qiziqish tufayli bellashamiz. Umid qilamanki, Ramazon bilan yaxshi jang ko'rsatib beramiz. 26 iyul kuni Abu-Dabida kutamiz", deydi Almabaev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: