Sonnen Maxachevni qo'rqoqlikda, Iliya Topuriya va Belal Muhammad bilan jang qilishdan qochishda ayblaganidan keyin ushbu kichik mojaro yuzaga kelgan edi.
"Katta auditoriyaga ega MMA Uncensored sayti mening gaplarimdan noto'g'ri iqtibos keltirdi. Islam meni qo'rqoq deb o'yladi va bu xabarga munosabat bildirdi, garchi men hech qachon bunday demagan bo'lsam-da. Bordi-yu, u meni qo'rqoq deb hisoblab, javob bersa, men javob berishga majbur edim. Ayniqsa, u mening hududimga kirganda.
"Hech qachon cho'chqa bilan balchiqqa aralashma - ikkalang ham iflos bo'lasan, cho'chqaga esa bu yoqadi" deyishadi. Bundan chiqdi, bu vaziyatda men o'sha cho'chqaning o'ziman. Aslida bunday demagan bo'lsam-da, Islam menga yoqadi. O'rtada tushunmovchilik bo'ldi. Ammo u qo'ng'iroq qildi, biz gaplashdik va endi hammasi joyida," - deya Sonnening so'zlarini keltiradi Essentially Sports.
Pyotr Yanning jangi rasman tasdiqlandi. U hamyurtlarimiz bilan bir oqshomda oktagonga chiqadi