Musobaqa doirasida engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Humoyun To'xtamurodov (12-5) armanistonlik Kamo Unanyan (7-0) bilan bahs olib borishi kerak edi. Biroq To'xtamurodov nomalum sabablarga ko'ra, ushbu jangda ishtirok etmasligi malum bo'ldi. Unanyanga esa boshqa raqib berildi.
SHunday bo'lsa-da, Naiza 73 turnirida boshqa bir hamyurtimiz — yarimengil vazn toifasida Octagon League sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov ishtirok etadi. Qurbonovga braziliyalik Robson Kavalkante raqiblik qiladi.
Malumot uchun, 33 yoshli Muhammadjon Qurbonov faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazib, 12 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. U 2023 yil oktyabr oyida Octagon League'dagi so'nggi jangini o'tkazgan bo'lsa, oradan bir yildan ko'proq vaqt o'tib, Tailandda jang qildi. Kavalkante hisobida esa 25 ta g'alaba va 18 ta mag'lubiyat bor.
Turnir bizning vaqt bilan soat 18:00 da start oladi.
Bektemir Meliqo'ziev: "CHempionlik jangini istayman, raqib kim bo'lishidan qati nazar!"