Unda O'zbekiston milliy terma jamoasining jami 7 nafar bokschisi ringga ko'tarildi va yakunda 4 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat qayd etildi. Bugun ham yarim final janglari davom ettiriladi.
Kechagi natijalarimiz:
-48 kg: Farzona Fozilova - Olga SHalimova (Ukraina) 5:0
-54 kg: Feruza Kazakova - Apisada Tantava (THB) 2-raundda KO-TKO
-65 kg: Navbahor Hamidova - Liu Yang (Xitoy) 0:5
-55 kg: Faryozbek Do'smatov - Islam Torobaev (Qirg'iziston) 5:0
-90 kg: Elyorbek Jo'raboev - Naman Tanvar (Hindiston) 2:3
-51 kg: Sabina Boboqulova - Marinchuk Yaroslava (Ukraina) 5:0
+90 kg: Abdurahmon Rustamov - Gill Anshul (Hindiston) 2:3.
Bektemir Meliqo'ziev: "CHempionlik jangini istayman, raqib kim bo'lishidan qati nazar!"