Hamyurtimiz mazkur jang uchun tayyorgarlikning ilk bosqichini o'zi tug'ilib o'sgan Toshkent viloyatining Angren tumanida joylashgan Yangiobod shaharchasida boshladi.
Guskov bilan birgalikda uning sparring sherigi va do'sti, mashhur UFC jangchisi Jonni Uokerning ukasi Uolter Uoker ham mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
Malumot uchun, Bogdan Guskov bilan bir oqshomda boshqa bir o'zbekistonlik UFC jangchisi — Ramazon Temirov Qozog'iston vakili Asu Almabaev bilan jang qiladi.
Temirov - Almabaev qarama-qarshiligida muddatidan oldin g'alabani taxmin qilishmoqda