SportUz.Net

Eddi Xirn G'iyosov bilan jang qilishi kerak bo'lgan Ennisni Madrimovning vazniga o'tishiga ishora qildi

28.05.2025 09:12    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik promouter Eddi Xirn yarimo'rta vazn toifasida IBF va WBA chempioni Jeyron Ennisning (34-0, 30 KO) kelajagi haqida gapirdi.

"Menimcha, hozir eng katta savol — Ennis yarimo'rta vaznda qoladimi? Uning Stanionisga qarshi jangi alo darajada edi. Tibbiy ko'rsatmalar unchalik yaxshi bo'lmadi, ammo bu juda qiyin, menimcha, Jeyron super yarimo'rta vazn toifasida o'zini ancha yaxshi his qilmoqda. 

U dastlab kamarlarni birlashtirish uchun shu vaznda qolishni xohlagan edi, lekin endi u buni amalga oshirib bo'ldi. Bu qiyin qaror. Bizga Teofimo Lopes bilan jang g'oyasi yoqadi. Ammo Ennis yarimo'rta vaznda qolsagina Lopes bilan jang qiladi, bo'lmasa, u yuqoriga ko'tarilishi aniq. Biz tez orada qaror qabul qilishimiz kerak", dedi Xirn.

Malumot uchun, Jeyron Ennis keyingi jangini WBA yo'nalishidagi o'zbekistonlik majburiy davogar SHahram G'iyosovga qarshi o'tkazishi kerak.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: