Pyotr Yan sobiq raqibiga iyul oyida Abu-Dabida revansh o'tkazishni taklif qildi
06.05.2025 13:24
96
Rasmni yuklab olishRossiyalik 32 yoshli sobiq UFC chempioni Pyotr Yan o'zining sobiq raqibi, AQSH vakili Kori Sendxagenga iyul oyida Abu-Dabidagi UFC turnirida jang qilishi bo'yicha taklif berdi.
Avvalroq, Kori Yanga murojaat qilar ekan, chempionlik poygasidagi navbat Pyotr emas, o'ziga kelganini aytgandi.
"Kim bunga ko'proq loyiq ekanini iyul oyida, o'sha joyda bilib olamiz. Hech qanday bahona o'tmaydi endi, o'g'lim", deya bunga javob qaytardi Yan.
Do`stlarga yuboring: