SportUz.Net

Toshkentdagi Octagon 72 turniri uchun yana ikkita jang elon qilindi

06.05.2025 18:00    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 11 may kuni poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 72 turniri o'tkaziladi.

Tashkilotchilar musobaqadan o'rin olgan navbatdagi ikki bellashuvni elon qildi.

Unga ko'ra, yarim og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Abduqodir Abduvorisov (7-1-0) turnir doirasida Qirg'iziston vakili Eldiyar Kalibekov (6-2-0) bilan to'qnash keladi.



Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz Asadbek Qahhorov (6-3-0) Toshkentdagi musobaqada tojikistonlik Farhod Davlatov (8-4-0) bilan to'qnash keladi.



Octagon 72 turnirining markaziy jangi Liga chempioni, o'zbekistonlik Doston Bozorov hamda Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimov o'rtasida kechadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: