SportUz.Net

Muhammad Mokaev yana bir qozoq sportchisi bilan jang qiladi

06.05.2025 16:33    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda britaniyalik sportchining o'zi Sport24 nashriga bergan intervyusida aytib o'tgan.

Mokaevning so'zlariga ko'ra, u 14 iyun kuni Dubay (BAA) shahrida tashkil etiladigan 971 FC yangi Ligasining ilk musobaqasida ishtirok etadi.

Qozoq matbuotining malum qilishicha, musobaqa doirasida Muhammad Mokaevga Qozog'iston vakili Alisher Gabdullin raqiblik qiladi. Jang MMA qoidalari asosida tashkil etiladi.

Gabdullin faoliyati davomida hozirga qadar 19 ta jang o'tkazib, 15 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. U janglarining asosiy qismini Octagon League'da o'tkazgan.

Muhammad Mokaev 2 may kuni Dubay shahrida o'tkazilgan Karate Combat turniri doirasida boshqa bir qozog'istonlik sportchi — Bolat Zamanbekov bilan jang qilib, birinchi raunddayoq nokaut orqali g'alaba qozongandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: