"Boks hozirgi paytda cho'qqida. Ayniqsa, media maydonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Bizning darajamizni MMA yoki UFC bilan solishtirib bo'lmaydi. MMA — kambag'al qarindosh. Lekin bu ularning aybi emas — odamlar biroz charchab qolishgan.
Agar siz mendan UFC'dagi olti nafar super yulduzni sanab berishimni so'rasangiz, men bunday qila olmayman. Muammo shundaki, UFC o'z brendini jangchilardan yuqori qo'yishga harakat qilmoqda", — dedi Eddi Xirn.
Avvalroq Boxing Kingdom portali UFC musobaqalaridagi PPV (pulli translyaciya) sotuvlari keskin pasayganini xabar qilgan edi.
SHahram G'iyosov Jeyron Ennis va Eymantas Stanionisning kuchli va kuchsiz tomonlarini solishtirdi