SportUz.Net

Madrimov uchun imkoniyat?! WBO Fundorani rasman chempionlik unvonidan mahrum qildi

03.05.2025 17:42    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) super yarim o'rta vazn toifasidagi chempion Sebastyan Fundorani (22-1-1, 14 KO) tashkilot unvonidan mahrum qildi.

Bu haqda prezident Gustavo Oliveri malum qildi.

"WBO qo'mitasi bir ovozdan Fundorani super yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik unvonidan mahrum qilish uchun ovoz berdi, bu darhol kuchga kiradi. Endi kamar vakant", deydi Oliveri.

Avvalroq, PBC promouterlik kompaniyasi Fundora va sobiq Jahon chempioni Tim Czyu o'rtasida revansh jangi o'tkazilishi haqida xabar bergan edi. Czyu WBO reytingiga kiritilmagan, shuning uchun Fundora kamaridan ayrilgan. Malumot uchun, ushbu vazn toifasidagi o'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov WBO reytingida ettinchi o'rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: