SportUz.Net

Arman Carukyan greppling jangida Xabibning jamoadoshini mag'lub etdi

03.05.2025 15:06    


Rasmni yuklab olish

Dubaydagi Karate Combat 54 musobaqasida UFC’ning engil vazn toifasidagi jangchisi Arman Carukyan va Makkasharip Zaynukov o'rtasida greppling jangi bo'lib o'tdi.

Ushbu to'qnashuvda Carukyan hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozondi.

Carukyan so'nggi marta 2024 yil aprel oyida jang o'tkazib, CHarlz Oliveyrani hakamlar qarori bilan mag'lub etgan edi. 2025 yil yanvar oyida esa u jarohat sabab Islam Maxachevga qarshi chempionlik jangida ishtirok eta olmagandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: