Hamyurtimiz avval xabar berilganidek, 30 may kuni Las-Vegas shahridagi Virgin Hotels majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ishtirok etadi.
29 yashar hamyurtimizga o'sha kuni amerikalik Daryus Fulgxem raqiblik qiladi. Jang supero'rta vazn toifasidagi WBA Eliminatori maqomida o'tkaziladi. Bellashuv g'olibi keyingi jangini aynan titul uchun o'tkazadi. Meliqo'ziev ayni damda ushbu tashkilot reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, Fulgxem to'rtinchi pog'onada bormoqda.
Super o'rta vazn toifasida meksikalik Saul Alvares WBA Super kamari sohibi bo'lsa, Kaleb Plant vaqtinchalik kamarga egalik qiladi. SHuningdek, Uvel Ernandes WBA Gold chempioni hisoblanadi.
Malumot uchun, Bektemir faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba (10 KO) va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Daryus hisobida esa 14 ta jangda qo'lga kiritilgan 14 ta g'alaba (12 KO) bor.
INTERVYU. "Masxarabozlarni yo'qotish kerak" - Octagon Liganing yangi chempioni Sardor Xudoyberdiev
Usik: "Balki Dyubua ikki yil ichida kuchaygandir, lekin mendan zo'r bo'lib ketmagan"