SportUz.Net

UFC rosteridagi eng keksa jangchi faoliyatini yakunladi

29.04.2025 12:03    


Rasmni yuklab olish

Aynan u Andrey Orlovskiydan keyin promoushenning eng yoshi katta jangchisi bo'lib turgandi.

Gap amerikalik 42 yoshli engil vazn toifasi vakili Vins Pichel haqida ketmoqda. U professional MMAdagi faoliyatini rasman yakunlaganini elon qildi. Vins 2012 yilda UFC promoushenida debyut qilgan edi. Lekin Ligadagi muddat uchun nisbatan kam jang o'tkazdi - 12 ta! So'nggi jangini shu yilning mart oyida Mexikodagi UFC turnirida Rafa Garsiyaga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bu uning ketma-ket uchinchi mag'lubiyat edi. 

"Ortda qolgan faoliyatim haqida uzoq gapirgim kelyapti. Lekin qisqaror qilaman: 42 yoshimda rasman MMA jangchisi sifatidagi faoliyatimni yakunlayman. Natijalar turlicha bo'ldi, lekin umumiy fikrim ijobiy va faoliyatimdan mamnunman. Katta va mashaqqatli yo'lda menga yordam bergan, elkama-elka bo'lgan barchaga minnatdorlik bildiraman. Aynan sizlar sabab kaliforniyalik yigit shunday natijalarga erishdik. So'nggi so'zim: qalbingiz buyurgan va o'zingiz to'g'ri deb bilgan ishni qiling. O'qishda, o'rganishda, izlanishda davom eting", – dedi Vins Pichel.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: