SportUz.Net

Israel Adesanya: "UFCdagi debyutim uchun olti raqamli summa olganman"

26.04.2025 13:00    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Israel Adesanya o'zining UFCdagi debyut jangi haqida esladi.

"Men UFCdagi debyut jangim uchun barcha kabi 10+10 gonorar olmaganman (10 ming dollar jang uchun, yana 10 ming dollar g'alaba uchun). O'sha jangda darhol olti raqamli (100 000 dollardan ortiq) summa olganman. Qo'shimchasiga esa yana 50 ming dollarlik bonus ham bor edi.

O'shanda barchaning diqqatini o'zimga qaratganman deb o'ylayman. O'sha kecha kim asosiy jangda qatnashgandi? Lyuk Rokxold va Yoel Romero? Men barcha diqqatni o'zimga tortib olgandim. Hamma men haqimda gapirardi — va men o'zimni dunyo tepasida his qilganman", — dedi Adesanya.

Eslatib o'tamiz, Adesanyaning UFCdagi debyuti 2018 yil fevral oyida UFC 221 turnirida bo'lgan. U o'sha jangda Rob Uilkinsonni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: