Bu haqda Mateush Gamrotning o'zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
"SHartnoma imzolandi", – deb yozgan Gamrot.
Hozircha rasman uning jangi kimga qarshi o'tkazilishi aytilmayapti. Katta ehtimol bilan Mateush 21 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkaziladigan UFC turnirida mezbonlar vakili Rafael Fizievga qarshi oktagonga chiqadi. Bu Gamrot uchun revansh maqomidagi jang bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, polshalik sportchi so'nggi jangini 2024 yilning avgust oyida Den Xukerga qarshi o'tkazib, hakamlarning ayri qarori (1:2) bilan ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Jangi "Tottenham Hotspur Stadium"da o'tadigan ikki britaniyalikning gonorari elon qilindi, dahshat!
Birozdan so'ng Osiyo chempionatida 1/4 final janglari davom ettiriladi (Juftliklar)