"Tottenxem" klubi tegishli "Tottenham Hotspur Stadium"da o'tadigan oqshomning asosiy jangida ikki britaniyalik bokschilar - Kris Yubenk va Konor Benn o'zaro to'qnash keladi. O'rta vazn toifasi vakillarining o'zaro jangiga bo'lgan qiziqish juda yuqori.
Kris Yubenk va Konor Benn faoliyatlaridagi eng katta gonorarni ham aynan britan derbisidagi janglaridan olishadi. Yubenk 13,3 mln, Benn esa 10,6 mln AQSH dollari miqdorida kafolatlangan gonorarga ega bo'ladi. Bu summaga juda ko'p mashhur chempionlar havas qiladi.
Eslatib o'tamiz, Kris Yubenk o'zining so'nggi jangini 2024 yilning oktyabr oyida Kamil SHeremetga qarshi o'tkazib, raqibini ettinchi raundda texnik nokautga uchratgandi. Benn esa 2024 yilning fevralida Piter Dobsondan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgan edi.
SHohjahon ikki hafta ichida ikkita jang o'tkazadi. Hamyurtimiz Fyuri kardida ringga chiqadi + POSTER