SportUz.Net
iks
ads

Deontey Uaylder: "SHubhasiz, u bilan jang qilaman"

26.12.2025 14:54    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni, amerikalik 39 yoshli Deontey Uaylder 2026 yil uchun rejalari bilan o'rtoqlashdi.

U IBF, WBA, WBO va IBO yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni, britaniyalik 36 yoshli Entoni Joshua bilan jang o'tkazishga tayyorligini malum qildi.

"Deyarli aniq, Joshua bilan jang qilaman. Ha, shubhasiz! Biz jangchilarmiz, Entoni hamon faol. O'rtamizdagi jang - odamlar hali ham ko'rishni istaydigan eng muhim janglardan biri. Yuqorida aytib o'tganimdek, ikkalamiz ham hali hanuz shu biznesdamiz. Imkoniyat bor ekan, biz ringda o'zaro uchrashishimiz kerak", - deya Uaylderning so'zlarini keltiradi MMA Mania portali.

Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder professional bokschi sifatida 2008 yilning noyabridan beri ringga ko'tarilib kelmoqda. Uning rekordida 44 ta g'alaba, to'rtta mag'lubiyat va bitta durang bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: