
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua muxlislarga qo'llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.
"Meni, Jeykni va dastlabki kardning barcha ishtirokchilarini qo'llab-quvvatlash uchun translyaciyani tomosha qilgan 33 million kishiga katta rahmat. Jang davomida men uchun duo qilganlarga rahmat.
Agar bayramlarni nishonlayotgan bo'lsangiz, ulardan zavqlaning, agar nishonlamayotgan bo'lsangiz, bu haftani shunchaki baxtli o'tkazing. Yangi yilda bizni katta voqealar kutmoqda, shuning uchun yangiliklarni kuzatib boring. Biz hammamiz Xudo oldida birgamiz. Xudo xayringni bersin", - deb yozdi Joshua ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

16 yil qamoqda o'tirgan 52 yoshli bokschi faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi