
"Humo arena" mezbonlik qilayotgan boks oqshomida boks bo'yicha JCH finalchisi, 3 karra Osiyo chempioni Navbahor Hamidova prof boksdagi debyut jangini o'tkazdi.
Ushbu jangda Navbahorga o'zbekistonlik boshqa bir bokschi qizimiz Odinaxon Ismoilova raqiblik qildi.
Jang muddatidan oldin yakunlandi. Ikkinchi raundda Navbahor raqibasini texnik nokautga uchratdi.
SHu tariqa, Hamidova prof boksdagi yurishini g'alaba bilan boshladi.