SportUz.Net

Islam Maxachev chempionlik kamaridan mahrum qilinishi mumkin

24.04.2025 09:48    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachev o'z kamaridan mahrum qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

ABC.es internet nashri bergan xabarga ko'ra, Maxachev Iliya Topuriya bilan jang qilishdan bosh tortgan taqdirda chempionlik kamaridan ayriladi. Avvalroq, rossiyalik chempionning jamoasi Topuriya bilan jangga rozilik bermagandi. Bu holatda UFC Maxachevni kamaridan mahrum qiladi va vakant qolgan chempionlik unvoniga Iliya Topuriya braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi. 

UFC promousheni UFC 317 turniriga aynan Islam ishtirokidagi jangni mo'ljallamoqda. Drikus Dyu Plessining jarohati sabab uning Xamzat CHimaevga qarshi chempionlik jangi bekor bo'lgan edi. Dana Uayt jamoasi bilan birga ushbu asosiy jangning o'rniga boshqa qiziqroq jang izlamoqda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: