SportUz.Net

Promouter: "Barchamiz bilamiz, u Virjil Ortis bilan jang qilishni xohlamaydi"

20.04.2025 17:36    


Rasmni yuklab olish

Oskar de la Xoyya mijozi Virjil Ortis va Jeyron Ennis o'rtasidagi jang haqida gapirdi.

"Barchamiz bilamizki, Ennis Virjil bilan jang qilishni istamaydi. Bu aniq. Biz ularni jang qilish uchun ringga chorladik, lekin Ennisning jamoasi ortga tisarildi.

SHunday ekan, shartnomada uning Ortis bilan jang qilmoqchi ekanligini ko'rmagunimcha, ishonmayman. Ular bir-birlarini jangga chorlashayotgan edi, keyin birdan to'xtab qolishdi", dedi de la Xoyya.

Eslatib o'tamiz, yarim o'rta vazn toifasida WBC Interim chempioni Virjil Ortis so'nggi jangini fevral oyida o'zbekistonlik Isroil Madrimovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. Yarim o'rta vazndagi WBA, IBF kamarlari sohibi Jeyron Ennis esa keyingi jangini boshqa bir hamyurtimiz — SHahram G'iyosovga qarshi o'tkazishi kerak.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: