SportUz.Net

Kichik o'smir bokschilarimiz Osiyo chempionatini ikkita g'alaba bilan boshlashdi. Bugun yana besh nafar vakilimiz ringga chiqadi

20.04.2025 14:06    


Rasmni yuklab olish

Kecha Amman shahrida (Iordaniya) boks bo'yicha o'smirlar va kichik o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlangandi.

Musobaqaning dastlabki kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining 4 nafar bokschisi ringga chiqib, yakunda 2 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etildi.

Kechagi natijalarimiz:

-43 kg: Zarifjon Nematov - YA-Ge Pan (Xitoy Taypeyi), (3-raundda KO-TKO);

-46 kg: Oybek Olimjonov - Marvan Alsheebani (Birlashgan Arab Amirliklari), (1-raundda KO-TKO);

-49 kg: Ulug'bek Soliev - Husein Skhafee (Iordaniya), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

-64 kg: SHohrux Xudoyberdiev - Meirjan SHadi (Qozog'iston), (Ochkolar hisobiga ko'ra).

Bugungi bahslar davomida yana besh nafar charm-qo'lqop ustalarimiz bahslarga kirishadi. Janglar 14:00 da start oldi.

Juftliklar bilan tanishing:

-50 kg: Dinislom Davlatiyorov - Sergey Artemenko (Ukraina)

-54 kg: Sabrina CHakamanova - Xadicha Safinova (Qirg'iziston)

-52 kg: Asadbek Esonboev - Kazuma Kumamoto (Yaponiya)

-54 kg: Bobomurod Boymirzaev - Hayitmurat Astanov (Turkmaniston)

-57 kg: Asilbek Abduqodirov - Mohaime Al-Allakmo (Iroq).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: