Bugun musobaqada 1/2 final janglari o'tkazildi. 54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Faryozbek Do'smatov Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni, qozog'istonlik 33 yoshli Saken Bibosinovga qarshi final chiptasi uchun bahs olib bordi. To'liq uch raund davom etgan jangda tajriba o'z so'zini aytdi. Bibosinov 5:0 hisobidagi g'alaba evaziga finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, kecha 1/4 finalda Hasanboy Do'smatov ukasi Faryozbekka qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Kutilganidek, aka ukaga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat taqdim etdi.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi