SportUz.Net

Eddi Xirn nihoyat Jeyron Ennis va SHahram G'iyosov o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi

17.04.2025 12:24    


Rasmni yuklab olish

Promouter Eddi Xirn yarim o'rta vazn toifasida IBF va WBA yo'nalishlari chempioni Jeyron Ennisning (34-0, 30 KO) kelgusidagi rejalari haqida gapirdi.

"Menimcha, Ennis tez orada g'alabali seriya qayd eta oladi, biroq unda majburiy davogar bor — bu G'iyosov. Bu bazi qiyinchiliklarni keltirib chiqaryatpi, chunki SHahram allaqachon bitta jangda o'z o'rnini bo'shatib bo'lgan. Demak, endi u kutib tura olmaydi. Bilaman, SHahram haqiqiy jangchi. U biz uchun kutib turdi, chunki G'iyosov bu jang qanchalik muhimligini tushunardi. Ammo endi u: "Yo'q, yo'q, endi mening navbatim", deydi. Nima demoqchi ekanligimni tushunyapsizmi? Bu mutlaqo aniq. SHunday ekan, ko'ramiz, nima bo'lar ekan", dedi Xirn.

Eslatib o'tish joiz, 13 aprel kuni Atlantik Sitida tashkil etilgan boks oqshomi doirasida SHahram G'iyosov argentinalik Franko Maksimiliano Okamponi to'rtinchi raundda nokautga uchratgan edi. Hamyurtimiz yarim o'rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun majburiy davogar sanaladi.

O'sha oqshomning markaziy jangida amerikalik Jeyron Ennis litvalik Eymantas Stanionisni oltinchi raundda texnik nokaut orqali taslim etib, o'zining IBF kamari yoniga WBA'ni ham qo'shib olgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: