SportUz.Net

SHevazuckiy: "Jalolovning birorta jangini ham o'rganib chiqmagandim"

15.04.2025 12:27    


Rasmni yuklab olish

Ukrainalik superog'ir vaznli prof bokschi Igor SHevazuckiy o'zbekistonlik raqibi Bahodir Jalolovga qarshi o'tkazgan jangini esladi.

"SHuni ayta olamanki, men Jalolovni umuman o'rganib chiqmagandim. SHunchaki, bunga vaqt yo'q edi. Men unga oid birorta ham videoni tomosha qilmadim. Jangdan ikki kun oldin bu menga muhim narsa bermasdi ham. Bu jangga o'z sohamning professionali sifatida, asabiylashishsiz, sovuqqonlik bilan yondashdim. Bunday qisqa vaqt ichida hech narsani o'rganishdan foyda yo'q edi. Men hech narsa mashq qilmadim, birorta ham sparring mashg'ulotim yo'q edi, oddiygina mashg'ulotlarimni amalda qo'llay olmagan bo'lardim", dedi Igor.

Eslatib o'tamiz, 5 aprel kuni Qozog'istonning Astana shahrida bo'lib o'tgan jangda Jalolov ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: