30 yoshli hamyurtimiz Toshkent vaqti bilan 5 may kuni tongda AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko'tariladi. Unga kim raqiblik qilishi nomalum.
Turnir markaziy jangi ikkinchi eng engil vaznning yaponiyalik mutlaq chempioni Naoya Inoue va AQSH vakili Ramon Kardenas o'rtasida kechadi. Biz uchun ahamiyatlisi, Ahmadaliev jang uchun tayyorgarlikni aynan Kardenas bilan birgalikda olib bormoqda.
Mazkur oqshomda Inoue va Ahmadaliev o'z janglarida g'alaba qozonsa, sentyabr oyida o'zaro to'qnash kelishadi.