SportUz.Net

Eddi Xirn: "Super og'ir vaznning hozirgi yulduzi Joshua, chunki Fyuri nafaqada"

01.04.2025 15:36    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning super og'ir vazn toifasidagi sobiq chempion Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn uni divizionning asosiy yulduzi deb bilishini aytdi.

"Joshua har kim bilan, xohlagan vaqtida jang qilishi mumkin. U diviziondagi eng katta ism, Entoni hali ham faol, chunki Fyuri nafaqaga chiqqan.

Ammo, afsuski, u hozir ringga chiqishga tayyor emas. Unga yana olti-etti hafta kerak bo'ladi. SHuning uchun biz shoshilmaymiz, qo'ng'iroq qilmaymiz, raqib so'ramaymiz. Tayyor bo'lgach, qaror qabul qilamiz" dedi Xirn.

35 yoshli Joshua so'nggi jangini o'tgan yilning sentyabr oyida Daniel Dyubuaga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: