SportUz.Net

Boks bo'yicha Jahon kubogida bugun 3 nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi

01.04.2025 15:15    


Rasmni yuklab olish

Braziliyada boks bo'yicha Jahon kubogi bellashuvlari start oldi.

Bugun musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlari tashkil etiladi. 

Kun mobaynida uch nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi:

-60 kg: Madiyar Daniyarov - Mishel Baldassi (Italiya) 23:15

-50 kg: Asilbek Jalilov - Nurzat Ongarov (Qozog'iston) 03:30

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Leonid Berisha (SHveycariya) 04:45

Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, kecha Jahon kubogining dastlabki kun bahslarida uch nafar hamyurtimiz - Mirazizbek Mirzaxalilov, Iqboljon Xoldarov va Javohir Ummataliev jang o'tkazgan va ularning barchasi g'alabaga erishgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: