SportUz.Net

Lennoks Lyuis faolyatidagi eng qiyin raqib kimligini aytdi, bu Mayk Tayson emas

01.04.2025 17:03    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni, britaniyalik Lennoks Lyuis faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi.

"Odamlar eng qiyin raqibim Evander Xolifild bo'lganligini eshitganda, haqiqatan ham hayratda qolishadi. Buni Rey Merser bilan adashtirmang, chunki men u bilan jangimni faoliyatimdagi eng qiyin bahs deb ataganman.

Xolifild ham men kabi kuchli havaskorlik karerasiga ega bo'lib, bu uning professional faoliyati davomida katta yordam bergan. U superog'ir vaznga o'tishidan oldin, og'ir vaznda mutlaq chempionlikni qo'lga kiritgan va ehtimol, ushbu vazndagi eng zo'r bokschilardan biri bo'lgan.

Agar siz Xolifildning havaskor va professional tajribasini birlashtirsangiz, uning ringdagi muvaffaqiyatlarini etirof etmaslik qiyin. U men ikkala jangda ham yutganimni biladi, ammo buni tan olishni xohlamaydi. Lekin jiddiy gapiradigan bo'lsak, u men bilan 24 raund davomida jang qila olgan yagona bokschi", - dedi Lennoks Lyuis.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: