SportUz.Net

Qura tashlandi: World Boxing tashkilotining jahon kubogida qatnashadigan bokschilarimiz ilk raqiblarini bilib olishdi

31.03.2025 10:18    


Rasmni yuklab olish

Ertaga, 1 aprel kuni Braziliyada boks bo'yicha Jahon kubogi bahslari boshlanadi.

World Boxing tashkiloti tomonidan o'tkazilayotgan mazkur musobaqaga qura tashlandi.

Unga ko'ra, o'zbekistonlik bokschilar bahslarni quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi: 

-50 kg. Asilbek Jalilov - Nursat Ongarov (Qozog'iston)

-55 kg. Mirazizbek Mirzahalilov - Nebil Ibrahim (SHveciya)

-60 kg. Madiyar Daniyarov - Mishel Baldassi (Italiya)

-65 kg. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Almat Adbuali (Qozog'iston)/Yuri Reis (Braziliya)

-70 kg. Iqboljon Xoldorov - Damiian Durkach (Polsha)

-75 kg. Fazliddin Erkinboev - Mishal Yarlinski (Polsha)

-80 kg. Javohir Ummataliev - Alfred Kommi (Italiya)

-85 kg. Akmaljon Isroilov - Leonid Berisha (SHveycariya)

-90 kg. To'rabek Xabibullaev - Vishal (Hindiston)

+90 kg. Jahongir Zokirov - Daniyal Saparbay (Qozog'iston) / Narender (Hindiston)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: