"Hozir barcha etiborini Iliya Topuriyaga qaratgan. U chempionlik jangiga intilayotganini, etiborini Islam Maxachev yoki CHarlz Oliveyra bilan jang tayyorgarligiga qaratayotganini aytdi. Topuriya ajoyib yigit, ammo men uning Islam bilan jang qilish fikriga qo'shila olmayman. Ishonchim komil, Maxachev undan qo'rmayapti.
Islam bilan uzoq vaqtdan beri tanish inson sifatida aytishim mumkinki, haqiqatdan ham shunday. U Iliyadan qo'rmayotganligi aniq. Iliya ko'p odamlarga qo'rquv solishi mumkin, lekin Islamga emas.
Islam yarimengil vazn toifasida jang qilganlar bilan urishmoqchi emas. CHarlz chempionlik jangiga harakat qilmoqda. Yigitlar qanday yo'nalishda harakatlanish kerakligini bilishadi. SHuning uchun ular Iliya bilan jang qilmoqchi emaslar. Lekin baribir Iliya bilan jang bu vazn toifasi uchun ayni paytda qiziqarli bo'ladi", - dedi Korme.