SportUz.Net

Xorxe Masvidal bitta jang uchun oktagonga qaytishga tayyor

30.03.2025 16:36    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik 40 yashar taniqli MMA jangchisi Xorxe Masvidal, agar sobiq chempion Leon Edvards uning chaqiruvini qabul qilsa, faoliyatini qayta tiklaydi.

"Menga Leon bilan jangni bering, keyin esa kim chempion bo'lsa, o'sha bilan to'qnashaman. Men Leonni har jabhaja mag'lub etaman – istalgan uslubda va yo'sinda. U men bilan besh raund davomida jang qila olmaydi, shunday ekan, teykdaunlar haqida tashvishlanishga hojat yo'q.

Agar Usmanni qo'shmasdan, umumiy raqiblarni taqqoslasak, men ularning ko'pchiligini muddatidan oldin taslim etganman. U esa qiyinchilik bilan, hakamlar qarori orqali g'alaba qozongan. 

Mening zarbalarim ancha kuchliroq. Agar biz oktagonda uchrashsak, buni aniq ko'rsatib qo'yaman. U juda zaif ekanligini hammaga isbotlayman", – deb aytib o'tgan Masvidal Submission Radio nashriga.

Eslatib o'tamiz, Masvidal so'nggi rasmiy jangini 2023 yil aprelda o'tkazgan va unda Gilbert Bernsga hakamlar qarori bilan yutqazgan. Bu uning ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyati bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: