SportUz.Net

Aleks Pereyra: "Keyingi jangim UFC'ning og'ir vazn toifasi yoki boksda Usikka qarshi bo'lsinmi?"

30.03.2025 12:24    


Rasmni yuklab olish

UFC'ning yarimog'ir vazn toifasida sobiq chempioni Aleks Pereyra revansh jangida Magomed Ankalaevni mag'lub etgan taqdirda keyingi rejasi qanday bo'lishini aytdi.

"Katta ehtimol bilan chempionik kamarimni himoya qilardim. Ammo agar tanlash imkoniyatim bo'lsa, keyingi jangim UFC og'ir vazn toifasi yoki boksda Aleksandr Usikka qarshi bo'lar edi.

Usik bilan jang bo'yicha muzokaralar bo'lmagan, xuddi Jon Jons yoki Tom Aspinall bilan bo'lgani kabi. Aytganimdek, keyingi qadam mantiqan to'g'ri keladi – vazningizda qolish va kamaringizni himoya qilish. 

Ammo mening tanlovim boshqacha bo'lar edi. Bu jangdan keyin men endi kamarni himoya qilmas edim. UFC yoki boksda og'ir vaznga o'tardim. Men ko'tarilishni xohlayman. Keyingi jangim super titulli jang bo'lishi kerak", deydi Pereyra.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: