Faqat buning uchun 4 may tongida Las-Vegasda bo'lib o'tadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliev esa hozircha nomalum bo'lgan raqibini engishi talab etiladi.
Murodjonning menejeri Vadim Kornilovning so'zlariga ko'ra, Inoue — Ahmadaliev jangi 14 sentyabr sanasida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkazilishi rejalashtirilyapti. Avvalroq, charm qo'lqop ustamiz Naoyaga murojaat qilib, istagalgan joyda, hatto raqibining vatanida ham jang o'tkazishga tayyorligini aytgandi.