Etiborga molik jihat shundaki, UFC on ESPN 64 turniri doirasida promoushenning eng yosh va aksincha, eng keksa jangchilari oktagonga chiqadi. UFC rosteridagi eng yosh jangchi, meksikalik Raul Rosas Junior Vins Moralesni sinovdan o'tkazadi. Ushbu jang asosiy karddan o'rin olgan. O'zining 17 yoshida UFC ligasida debyut qilgan Raul Junior hozir 20 yoshda.
Prelim kard doirasidagi jangda esa aksincha, UFC rosteridagi eng keksa aralash yakkakurash ustasi Vins Pichel Rafa Garsiyaga qarshi oktagonga ko'tariladi. Engil (70 kg) vazn toifasi vakili hisoblangan Pichel hozirda 42 yoshda bo'lib, u kechagi tarozi marosimida raqibidan yarim kilogrammga og'irroq tosh bosdi.