SHon Bredi oqshomning asosiy jangida yarimo'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni britaniyalik Leon Edvardsni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. Aynan shu jangda SHon parterda nazorat qilish bo'yicha yangi rekord o'rnatdi.
U ikkinchi raundning boshlanishi bilan Edvardsni parterga tushirgan SHon besh daqiqa davomida raqibini qo'yib yubormadi. UFC bergan statistikaga ko'ra parterdagi umumiy vaqt nazorati 4 daqiqayu 57 soniyani tashkil qilgan. Bu borada avvalgi rekord Xamzat CHimaevga tegishli bo'lib, u 2020 yilning iyul oyida bo'lib o'tgan jangda Jon Filipsni birinchi raundda 4 daqiqayu 55 soniya parterda ushlab turgandi. SHon Xamzatning rekordini 2 soniyaga yangilagan.
CHimaevgacha bo'lgan rekord esa deyarli 10 yil saqlanib turgan. Aniqrog'i, afsonaviy CHel Sonnen 2010 yilning fevralida raqibi Neyt Markvardtni 4 daqiqayu 53 soniya vaqt mobaynida parterda ushlab turgan.