SportUz.Net

Erkebulan Toktar nihoyat Odilxon bilan jang qilishga rozi bo'ldi, ammo...

25.03.2025 09:00    


Rasmni yuklab olish

Octagon League MMA tashkilotining ikki sportchisi - o'zbekistonlik Odilxon Kamolov va Qozog'iston vakili Erkebulan Toktar o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Ushbu voqeaalar fonida Liganing BMF chempioni hisoblangan Toktar Odilxon bilan jang qilishga rozi bo'ldi.

"Odilxon hali ham ikki xalqni qayrashga urinmoqda. Unga aytar gapim: Odilxon ovora bo'lma. Qozoq va o'zbek xalqlari do'stligi sen yoki men deb buzilmaydi. Tik-toker do'stlaringga video qo'ydirishingdan foydasi yo'q. Bu ikki xalq minglab yillik do'stligini ikkimiz uchun urishib yo'qotmaydi. Bu narsa faqat men va sening orangdagi muammo. Bo'ldi, gap tamom. Sentyabr oyida urishamiz, Toshkentga boraman. Tayyorlan, yaxshi jang o'tkazaylik", dedi Toktar.

Avvalroq, Almati shahrida bo'lib o'tgan Liga matbuot anjumanida Toktar Odilxonga shapaloq tushirgandi. Bu voqealardan keyin Kamolov Ligani tark etganini bildirdi.

Malumot uchun, ular o'rtasida hozirgacha ikkita jang o'tkazilgan bo'lib, ularning birida hamyurtimiz, ikkinchisida esa qozog'istonlik sportchi g'olib bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: