SportUz.Net

Muradov tufaylimi? Jasco Coach MPL turnirlari nima sababdan o'tkazilmayotganini aytdi

17.03.2025 12:36    


Rasmni yuklab olish

Kecha Toshkentda UFC jangchisi Ramazon Temirov hamda uning murabbiyi Jasur Alijonov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjuman davomida MPL MMA Ligasi rahbarlaridan biri Jasur Alijonovga Liga faoliyati bilan bog'liq savol berildi.

— MPL turnirlari to'xtab qoldi. Unga oid qanday rejalaringiz bor?

"MPL vaqtincha to'xtab turibdi. Butunlay to'xtamagan. Hozir ayrim sabablarga ko'ra, aniqrog'i pasport tufayli Mahmud Muradov O'zbekistonga kira olmaydi. U yaqinda kamar uchun jang qiladi. SHundan o'tib olganidan keyin, Liga yana o'z yo'liga tushadi, deb o'ylayman. O'zbekistonda qolgan MMA Ligalari ham to'xtab qoldi. Hozir buni ustida ishlayapmiz. Nafaqat MPL, balki yoshlar uchun ham selekciya Ligasi tashkillashtirmoqchimiz. Ramazon oyidan keyin ruxsat berilsa, yoshlarga imkon beramiz. Hozir nom qidiryapmiz. Nom topishga yordam berishlaringiz mumkin", dedi Alijonov.

Malumot uchun, MPL so'nggi musobaqasini 2024 yil may oyida Toshkentda o'tkazgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: