Avvalroq uning 23 fevral kungi jangi bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.
"So'nggi 25 yil ichida men sportga borimni berdim. Oxirgi jangimni o'tkazishga judayam umid qilgandim, ammo afsuski elkamdagi 8 oylik jarohat faoliyatimga nuqta qo'ymoqda. Mashg'ulotlar va tayyorgarlikka borimni berdim. Ammo bazida tanang shunchaki bunga rozilik bermaydi.
Meni qo'llab-quvvatlash uchun chiptalar sotib olgan, mehmonxonalar va aviachiptalar bron qilganlarga rahmat. Yonimda bo'lganingiz uchun rahmat. Siz bu sayohatni unutilmas darajada qildingiz. Qo'llab-quvvatlovingizni xech qachon yoddan chiqarmayman. Mehr va muhabbat bilan, Dominik", - deb yozdi sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Kruz MMAda 28 ta jang o'tkazgan va ularning 24 tasida g'alaba qozongan.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"