SportUz.Net
photo photo

Mirafzal Axtamov Usman Nurmagomedov bilan jang qilishi mumkin

05.02.2025 14:00    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, PFL ligasida faoliyat olib borayotgan Mirafzal Axtamov Liga chempioni Usman Nurmagomedov haqida gapirdi.

"Men o'zimning darajamni yaxshi bilaman. Usman bilan Polning jangini ko'rdim. Agar Usman ketmasa, bemalol u bilan ham, Xyuz bilan ham jang qila olaman. Bilaman, Usman ketmaydi. CHunki u shartnomasini uzaytirgan. PFL'da yana ikki-uch yil qoladi. Xudo xohlasa, yana bir-ikkita jangda chiroyli va yaqqol g'alaba qozonsam, Usman bilan kelasi yil jang qilish ehtimolim bor", dedi Axtamov

Malumot uchun, Mirafzal hozirga qadar to'qqizta jang o'tkazib, sakkiz g'alaba va bitta durang qayd etgan. U so'nggi jangini 25 yanvar kuni angliyalik Mayk Tompsonga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: