"Arman juda yaxshi - u diviziondagi eng yaxshi ikkinchi jangchi. U Islamga qarshi juda yaxshi jang qilgandi, ammo o'sha bahsda Islam betobdek ko'ringan. U o'ziga o'xshamasdi. O'sha jangdan keyin Islam ham jangchi sifatida kuchaygan.
Agar ularning bir raqibga qarshi jangi orqali taqqoslaydigan bo'lsak, masalan CHarlz Oliveyra bilan jangda, Islam boshqa engil vaznlilarga qaraganda umuman boshqa darajada bo'lgan. U har jabhada kuchli.
U Arman bilan revanshda ham g'ayrioddiy nimadir qiladi deb o'ylayman. U birinchi jang bahsli bo'lgani haqidagi gap-so'zlarga katta nuqta qo'yishni istaydi", - dedi Bilol Muhammad.