Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi SHahobiddin Zoirov ringga ko'tarildi.
31 yoshli Olimpiada g'olibiga Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qildi.
Eng engil vazn toifasida tashkil etilgan 10 raundlik jang IBA Pro tasnifidagi chempionlik kamari uchun tashkil etildi. Bellashuv to'liq davom etdi va unda ochkolar hisobiga ko'ra Yoel Finol g'alabaga erishdi.
IBA rahbari mazkur jangning 5-raundigacha nokaut orqali g'olib bo'lgan bokschi 1 mln dollarlik mukofot puliga ega bo'lishini xabar qilgan edi, biroq bu bonus hech bir bokschiga nasib etmaydigan bo'ldi.