
Oqshomning markaziy jangida UFC'da faoliyat olib borayotgan iroqlik Amir Albazi yana bir UFC jangchisi, braziliyalik Jafel Filo bilan to'qnash keladi. Ushbu bahs jiu-jitsu qoidalari asosida o'tkaziladi.
Etiborlisi, turnirning prelim kardi doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Bahromjon Ro'ziev jiu-jitsu jangida ishtirok etadi. Unga misrlik Mido Mohamed raqiblik qiladi. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, ikki vazn toifasida irlandiyalik UFC sobiq chempioni Konor Makgregor o'tgan yili Dubay (BAA) shahridagi yig'ini doirasida Bahromjon Ro'zievni sparring sherik sifatida tanlagandi.


"Uning chorlovlarini qabul qilishmayapti". Rahmatjon Ro'zioxunov Bahodir Jalolov haqida gapirdi